-
Bojxona qoidalari
Jo'natmani bojxona nazoratida odatda bir kvartal uchun $1000 lik limitdan o'tilganda, brend yoki ta'qiqlangan mahsulotlarni tashish qoidalari buzilganda ushlashadi.
-
Bojxonada jo'natmalarni ushlab qolishning asosiy sabablari
Bir kvartal davomida yuborilgan jo'natmalar qiymati $1000dan oshganda
Jo'natmadagi mahsulotning e'lon qilingan qiymatini va xavfli mahsulotlarning mavjudligini tekshirish. Xitoy aeroportidan jo'natishdan oldin xalqaro jo'natmalar maxsus va xavfli tovarlarni aniqlash uchun skanerdan o'tkaziladi. Sizning jo'natmangiz aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan xavfli deb topilsa, yuk qayta stikerlash uchun omborga qaytariladi va Xitoydan keyingi reyslar bilan yuboriladi. Aeroportdagi xavfsizlik xizmati qaytarib yuborish qaroriga izoh bermaydi. Iltimos, shaxsiy kabinetingizda jo'natmani ro'yxatdan o'tkazishda mahsulot turini to'g'ri ko'rsating.
Intellektual mulk tekshiruviga tushadigan tovarlarni nazorat qilish.
Bir urinishda ko'plab jo'natmalarni olib o'tishda bojxona to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovlash gumoni.
Ta'qiqlangan tovarlar.
-
Jo'natmani bojxona to'xtatganda nima qilish zarur?
Avvalo, tashvishlanmang. Jo'natmadagi tovarning nomi va qiymati ko'rsatilgan moliyaviy hujjatlar, invoyslar, buyurtmaning ekran tasvirlari va boshqalarni tayyorlang. Bizning broker info@meest.uz manzili bo'yicha ushlangan jo'natmaning kuzatuv raqamini ko'rsatgan holda hujjatlarni yuboring. Ushlangan jo'natma bo'yicha qarorni kuting. Qandaydir savollar paydo bo'lganda +99855-501-34-34; +99871-233-03-99; +99897-460-01-60 - Meest Uzbekistan bojxona brokerlarining ko'p kanalli raqami yoki quyidagi manzilga murojaat qiling info@meest.uz.
-
Jo'natma ushlanganda uning bojxonada qolish muddati
Birinchi navbatda bojxonada jo'natma tarkibi ro'yxati bilan akt tuziladi. Ushbu jarayon uchun 5-10 ish kuni ajratilgan va bu davrda biz hech qanday ta'sirga ega emasmiz. Akt tuzilgandan so'ng, mijozning hujjatlarini inspektorga ko'rib chiqish uchun taqdim etamiz. Hujjatlar Xalqaro pochta almashish joyiga kelib tushgan paytdan boshlab, bojxonadan chiqib ketgunga qadar o'rtacha 15 kun o'tadi.
14 kunbojxonada jo'natmani o'rtacha ushlab turish davri
-
Bojxona to'lovlari qanday hisoblaydi?
Mijoz o'z jo'natmasi narxini tasdiqlay olmagan hollarda bojxona inspektorlari uni mustaqil ravishda aniqlashadi. Bojxona narxlarni o'z ma'lumotlar bazasidan yoki yuboruvchi mamlakatdagi o'xshash tovarlar narxiga muvofiq, Aliexpress, Taobao, Tmall kabi internet-resurslaridan foydalangan holda oladi.
-
Agar bir kvartalda yuborilgan jo'natmalar qiymati $1000 bojxona chegarasidan oshsa
Agar bir kvartal mobaynida umumiy qiymati $1000dan oshiq tovarlar yetkazilgan bo'lsa, eng yaxshi qaror bu jo'natmalarni bir nechta qabul qiluvchilarga bo'lish va ularni bojxonaga haftaning har xil kunlarida kiradigan qilib yuborishdir.
-
E'tibor bering, bunday tovar Meest China shaxsiy kabineti orqali rasmiylashtirilgan pochta formatidagi jo'natmada Meest China omboridan yuborilmaydi.
-
Taqiqlangan tovarlarni utilizatsiya qilish
Meest China omboriga transportning istalgan turida tashish taqiqlangan tovarlar kelib tushgan taqdirda, u kompensatsiyasiz darhol utilizatsiya qilinadi.
Xalqaro tashish qoidalariga ko'ra, Meest China, shuningdek, boshqa xalqaro logistika kompaniyalari Xitoydan Ukrainaga etkazib bera olmaydigan tovarlar ro'yxati mavjud. Bundan tashqari, Xitoyda kurerlik yetkazib berish xizmatlari taqiqlangan tovarlarni yetkazib berish huquqiga ega emas, chunki ularni tashish ma'muriy javobgarlikni o'z ichiga oladi.
Shunga ko'ra, jo'natishdan oldin, iltimos, tashish uchun ruxsat berilgan tovarlar ro'yxatini diqqat bilan o'qing.