-
Brendlar
Faqat shaxsiy foydalanish uchun bitta posilkada 2 tadan ortiq markali tovarlarga ruxsat berilmaydi. Aks holda, paket tomonidan tovar va yuk narxi qaytarilmasdan qaytarib olinishi mumkin.
-
Olib kirish uchun cheklov
Har bir savdo markasining jo'natmada chegarani kesib o'tish qoidalari mavjud
Bojxona nazorat organi bo'lgani uchun va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq O'zbekiston bojxona kodeksining 57-moddasiga mos ravishda ro'yxatga olingan intellektual mulk ob'ektlari mavjud bo'lgan jo'natmalarni to'xtatadi va uning huquqlari buzilmaganligi to'g'risida qaror qabul qilishi uchun huquq egasiga jo'natma hujjatlarini yuboradi
Agar huquq egasi uning huqulari buzilganiga qaror bersa, tovar O'zbekiston bojxona hududiga kirtilmaydi
-
Bojxona tomonidan ushlanganda
Jo'natma, tarkibidagi markasiz tovarlar bilan birga qo'lga olinadi;
Jo'natma bo'yicha qarorni brendning huquq egasi qabul qiladi;
O'zbekiston bojxona kodeksining 399-moddasiga 2-bandiga ko'ra, huquq egasi 10 ish kuni ichida javob berishi kerak, ammo, agar kerak bo'lsa, masalani ko'rib chiqish uchun muddatni yana 10 ish kuniga uzaytirishi mumkin;
Agar huquq egasi bojxona rasmiylashtiruvini davom ettirishga ruxsat bersa, bojxona jo'natma tarkibining qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarni so'rashi mumkin;
Agar huquq egasi, jo'natmadagi markali tovar uning huqularini buzayotganini ta'kidlasa, jo'natma to'laligicha olib qo'yiladi (markali tovarlar ham, markasizlari ham)
Huquq egasining qarorini qayta ko'rib chiqish faqat sud orqali amalga oshiriladi.
-
Javobgarlik
"Meest China" shaxsiy kabinetida jo'natish uchun ariza topshirayotganda, jo'natma tarkibida mashxur savdo markalarining mahsulotlari borligini ko'rsating - faqatgina shaxsiy ehtiyoj uchun va faqat avia-yetkazib berish usuli bilan bir jo'natmada 2tadan ortiq bo'lmagan markali tovarlar. Agar siz jo'natmada mashxur savdo markalarining mahsulotlari mavjudligini bildirmagan bo'lsangiz yoki bir jo'natmada 2tadan ortiq markali mahsulot bo'lsa, jo'natma bojxona organlari tomonidan musodara qilinadi va biz pulni qoplash uchun javobgarlikni olmaymiz.
Xitoy, O'zbekiston yoki tranzit mamlakat hududida jo'natma bojxona nazoratidan o'tayotganda uning tarkibida 2tadan ortiq (bir xil tovarlar yoki turli savdo markalari mahsulotlari) miqdorda markali tovarlar topilgan bo'lsa, bojxona nazorati organlari ogohlantirishsiz va olib qo'yilgan jo'natmalar raqamini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan holda bir tomonlama tartibda jo'natmani olib qo'yish huquqiga egadirlar.
-
Yetkazib berish
Faqatgina avia-jo'natmalarda markali tovarlarni har bir turdan bir donadan, bir jo'natmada shaxsiy ehtiyoj uchun 2 tadan ko'p bo'lmagan(yangilari ham, foydalanilganlari ham) miqdorda tashishga ruxsat etiladi. Bunda har bir markaning o'z shartlari mavjud, shuning uchun bu ma'lumotlarni bera oladigan huqu egasidan bilib olish zarur